Urganch davlat pedagogika institutida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida institut talaba-yoshlari o‘rtasida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi o‘tkazildi



Tanlovning asosiy maqsadi institut talaba-yoshlarining qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish, iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha savodxonligini yanada oshirishdan iborat.
Tanlovda institutning barcha fakultetlaridan jami 150 nafardan ortiq talaba-yoshlar o‘zilarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir mualliflik asosida chizgan rasmlari bilan ishtirok qildilar.
Hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1-o‘rin: Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabasi Ataxanov Nodirbek
2-o‘rin: Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabasi Yo‘ldasheva Zamira
3-o‘rin Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabasi Zaripova Yulduz
Tanlovda g‘olib va sovrindorlar bo‘lgan talaba-yoshlarni pul mukofotlari va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlash marosimi “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tantanali ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
"YOSHLAR KORRUPSIYAGA YO‘Q DEYDI!" MAVZUSIDAGI INSHOLAR TANLOVIDA ISHTIROK ETING!
Urganch davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!" mavzusida "Eng yaxshi insholar" tanlovi joriy yilning 8-11-sentabr kunlari o‘tkaziladi.
Tanlovning maqsadi yoshlarning korrupsiya bilan bog‘liq bilimlarini yanada oshirish hamda ularning iqtidorlarini namoyish qilishdan iborat.
Tanlovda ishtirok etgan talaba-yoshlar tomonidan chizilgan rasmlar institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy bo‘limiga taqdim etilib, talaba-yoshlarning ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.
📎 Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-o‘rin: I darajali diplom va talabalar stipendiyasining 3 baravari miqdorida pul mukofoti;
2-o‘rin: II darajali diplom va talabalar stipendiyasining 2 baravari miqdorida pul mukofoti;
3-o‘rin: III darajali diplom va talabalar stipendiyasining 1 baravari miqdorida pul mukofoti.
Tanlovning 1-bosqichi fakultet kafedralari o‘rtasida o‘tkazilib, eng yaxshi insho egalari hisoblangan 10 nafar talaba-yoshlarga tanlovning institut bosqichida fakultet nomidan ishtirok etish uchun yo‘llanma beriladi. 2-bosqichda — tanlovning institut bosqichida g‘olib deb topilgan talaba-yoshlarga tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqi beriladi.
TANLOV NIZOMI
UrDPIda huquqiy savodxonlikni oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda


O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasiga muvofiq qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoga yetkazish maqsadida institut yuristkonsulti Ikrom Ataniyozov hamda Korrupsiyaga qarshi kurash "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Adilbek Djumaniyazovlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
"Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!" mavzusida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida yoshlar korrupsiyaga oid qonun hujjatlari bilan yaqindan tanishtirildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.
"YOSHLAR KORRUPSIYAGA YO‘Q DEYDI!" MAVZUSIDAGI “ENG YAXSHI VIDEOROLIKLAR” TANLOVI
Videorolikni ko'rish
Urganch davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!" (https://t.me/UrDPI_UZ/20946) mavzusida o'tkazilgan "Eng yaxshi videoroliklar" tanlovi uchun Filologiya va tarix fakulteti Milliy g‘oya ma'naviyat asoslari va huquq ta'lim yo‘nalishi 241-guruh talabasi R.Eniyazova tomonidan tayyorlangan videorolik
📎 Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-o‘rin: I darajali diplom va talabalar stipendiyasining 3 baravari miqdorida pul mukofoti;
2-o‘rin: II darajali diplom va talabalar stipendiyasining 2 baravari miqdorida pul mukofoti;
3-o‘rin: III darajali diplom va talabalar stipendiyasining 1 baravari miqdorida pul mukofoti.
Urganch davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurash "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan start berilgan #stop_korrupsiya chellenji davom etmoqda




Chellenjdan maqsad talaba-yoshlarning korrupsiya bo'yicha bilimlarini yanada oshirish hamda ularning korrupsion jarayonlar va ularning ishtirokchisiga aylanib qolishi kabi nohush holatlarning oldini olishdan iborat,
Aziz yoshlar, siz ham chellenjda faol ishtirok eting!
UrDPIda sudya va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi


Urganch davlat pedagogika institutida Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudi sudyasi Xursand Xodjaev, institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Adilbek Djumaniyazov, yuristkonsult Ikrom Ataniyozovlar ishtirokida “Yoshlarda korrupsiyaga qarshi toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuv davomida qonunlarning inson hayotidagi ahamiyati, qonun va jamiyat munosabatlari, yoshlarda korrupsiyaga qarshi toqatsiz munosabatni shakllantirish masalalari bilan bog‘liq fikr-mulohazalar bildirildi.
UrDPIda 9-dekabr — “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Antikorrupsiya bilimdoni” bellashuvining institut bosqichi o'tkazildi.


Bellashuv davomida institutning barcha fakultetlaridan jamoalar o‘zlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir tayyorlagan chiqishlari bilan ishtirok qildi hamda hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1-o‘rin: Pedagogika fakultetining “Adolat” jamoasi;
2-o‘rin: Filologiya va tarix fakultetining “Korrupsiyasiz soha” jamoasi;
3-o‘rin: Boshlang‘ich ta’lim fakultetining “Liderlar” jamoаsi.
G‘oliblar 9-dekabr — “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” tantanali ravishda taqdirlanadi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi muassisligidagi “Xorazm iste’dodi” gazetasining navbatdagi sonida Urganch davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Adilbek Djumaniyozov Xudaybergenovichning “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.

