PEDAGOGIKA FAKULTETI TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21-iyundagi “Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-289-sonli qaroriga asosan Urganch davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Institut tarkibida Pedagogika fakulteti tashkil topdi.
Fakultet – institutining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari bо‘yicha talabalarni о‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy hamda uyg‘unlashgan xolda olib borish, shuningdek, kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yо‘naltiriladi. Fakultet tarkibiy tuzilmasida fakultet Kengashi hamda о‘quv-uslubiy kengash faoliyat olib boradi. Fakultet oliy ta’limning asosiy va qо‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bо‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi. Fakultet о‘z nomi yozilgan shtampga va boshqa rekvizitlarga ega.
Fakultet internet tizimida institutning rasmiy www.UrSPI.uz saytida о‘z bо‘limiga ega. Fakultet joylashgan manzil: 220100, Urganch shahar, Gurlan ko‘chasi, 1 A-uy.
FAKULTETIDA MAVJUD TA’LIM YO‘NALISHLARI
Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha:
6010100 – Pedagogika;
60110200 – Maktabgacha ta’lim
Magistratura yo‘nalishi bo‘yicha:
70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi(faoliyat turi bo‘yicha).
70110201 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(maktabgacha ta’lim)
FAKULTET O'QUV JARAYONI
Fakultetda 43 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 5 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 9 nafari katta o‘qituvchi va 29 nafari assistent-o‘qituvchilardan iborat. Fakultetda jami 1832 nafar talaba mavjud bo‘lib shundan; kunduzgi ta’limda 551 nafar, sirtqi ta’limda 1219 nafar, kechki ta’limda 62 nafar, ikkinch oliy ta’limda 47 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultetda 2 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
XALQARO HAMKORLIK VA CHET EL BILAN ILMIY ALOQALAR ASOSIDA ERISHILGAN NATIJALAR
Bugungi kunga qadar fakultetda xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro ilmiy va amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fakultet professor-o‘qituvchilari turli loyihalarda qatnashmoqdalar. Fakultet Xitoy, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlatning nufuzli universitetlari bilan xalqaro aloqalar o‘rnatgan.
FAKULTET TUZILMASI
Fakultet dekani Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xajiyeva Dilfuza Adambayevna;
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Saporboyev Mirzabek Shavkat o‘g‘li
Ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha dekan o‘rinbosari: PhD Karimova Nilufar;
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Abdullayev Sarvar Xudayarovich;
edagogika va psixologiya - kafedrasi mudiri, p.f.f.d (PhD), dotsent v.b. Yakubova Shaxnoza;
Maktabgacha ta’lim metodikasi- kafedrasi mudiri, p.f.f.d (PhD), dotsent Atajonova Dinara Ulug'bekovna;