Close

REKTOR TOMONIDAN ILMIY SOHADAGI MAQSADLI KO'RSATGICHLAR, O‘QUV VA TARBIYAVIY JARAYONLAR BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Rektor tomonidan ilmiy sohadagi maqsadli ko'rsatgichlar, o‘quv va tarbiyaviy jarayonlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova tomonidan ilmiy sohadagi maqsadli ko'rsatgichlar, o‘quv va tarbiyaviy jarayonlar hamda Axborot resurs markazi faoliyati bo'yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig'ilishda institut prorektorlari, dekanlari, bo‘lim boshliqlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, Axborot resurs markazi va Akademik litsey direktori ishtirok etdilar. 

Yig‘ilishda rektor professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy yo'nalishning maqsadli ko'rsatgichlari tahlili, darslik va monografiyalar chop etilish holati, dissertatsiya himoyalariga tayyorgarlik jarayonlari, o'quv va tarbiyaviy faoliyat hamda ARMda kitoblardan talabalarning foydalanishlari, u yerdagi sharoitlar masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, soha prorektorlari tomonidan faoliyat doirasida taqdimotlar qilindi. Yig'ilishda rektor tomonidan tegishli mas'ullarga vazifalar belgilandi.

urspi.uz;Rektor tomonidan ilmiy sohadagi maqsadli ko'rsatgichlar, o‘quv va tarbiyaviy jarayonlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: