Close


MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLLARINING MALAKALARINI OSHIRILMOQDA


UrDPIda "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mas'ullari tomonidan mahalla xotin-qizlar faollarining malakalarini oshirish seminar-treninglariga start berildi.

Shu munosabat bilan, xabar berganimizdek, bugun Urganch davlat pedagogika institutiga O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi huzuridagi "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti hamda viloyat hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Nigora Kutlimurodova rahbarligida bir guruh mas'ullar tashrif buyurdilar. 

Institut rektori, pedagogika fanlari doktori Feruza Madraximova hamda mas'ullar ishtirokida Xorazm viloyatining Gurlan, Shovot va Urganch tumanlari hamda Urganch shahri mahallalaridan tashrif buyurgan mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil qilindi hamda malaka oshirish kurslariga start berildi.

Ulashish: