Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “YOSHLAR KORRUPSIYAGA YO‘Q DEYDI!” MAVZUSIDA INSTITUT TALABA-YOSHLARI O‘RTASIDA “ENG YAXSHI RASMLAR” TANLOVI O‘TKAZILDI


#tanlov


 

Urganch davlat pedagogika institutida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida institut talaba-yoshlari o‘rtasida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi o‘tkazildi

Tanlovning asosiy maqsadi institut talaba-yoshlarining qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish, iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha savodxonligini yanada oshirishdan iborat. 

Tanlovda institutning barcha fakultetlaridan jami 150 nafardan ortiq talaba-yoshlar o‘zilarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir mualliflik asosida chizgan rasmlari bilan ishtirok qildilar. 

Hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:  
1-o‘rin: Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabasi Ataxanov Nodirbek
2-o‘rin:  Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabasi Yo‘ldasheva Zamira  
3-o‘rin Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabasi Zaripova Yulduz

Tanlovda g‘olib va sovrindorlar bo‘lgan talaba-yoshlarni pul mukofotlari va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlash marosimi “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tantanali ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
©️UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: