Close


BUGUNGI KUNDA GLOBAL AXBOROT MAYDONIDA KIBERMAKON BILAN BOGʻLIQ YANGIDAN-YANGI SOXTALIKLAR PAYDO BOʻLMOQDA...


BUGUNGI KUNDA GLOBAL AXBOROT MAYDONIDA KIBERMAKON BILAN BOGʻLIQ YANGIDAN-YANGI SOXTALIKLAR PAYDO BOʻLMOQDA...

Urganch davlat pedagogika institutida viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati kiberxavfsizlik boʻlimi mas'ul xodimi A.F.Saibnozorov ishtirokida “Yoshlar oʻrtasida kiberjinoyatlarning oldini olish – muhim masala” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvni institut birinchi prorektori U.Xoʻjamurodov ochib berdi hamda bugungi kundagi axborotlarga toʻla globallashuv zamoni haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Shuningdek, muloqot davomida kiberjinoyatning asosiy turlari toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilindi. Tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida axborot hurujlari va kibertahdidlardan himoyalanish, oʻz navbatida, ularga qarshi kurashish uchun har bir kishi hushyor va ogoh boʻlishi, axborotni tahlil qila bilishi lozimligi alohida taʼkidlandi.

 

©️ UrDPI matbuot xizmati

 

 

 

Ulashish: