Close


REKTOR INSTITUTGA BIRIKTIRILGAN TEXNIKUM VA KOLLEJ RAHBARLARI BILAN UCHRASHDI


Rektor institutga biriktirilgan texnikum va kollej rahbarlari bilan uchrashdi

Bugun, 11-noyabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova soha prorektorlari ishtirokida institutga biriktirilgan texnikum va kollej rahbarlari bilan uchrashdi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, professional ta’lim muassasalarini metodik qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ularga oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari biriktirish vazifalari yuklatilgan.

Uchrashuv davomida professional ta’lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: