Close


UrDPIDA SERQIRRA IJODKOR, TELEJURNALIST, TARJIMON, YOZUVCHI, O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI A’ZOSI NUR AHMAD VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI


UrDPIda serqirra ijodkor, telejurnalist, tarjimon, yozuvchi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nur Ahmad va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida Xorazm vohasidan yetishib chiqqan taniqli telejurnalist, serqirra ijodkor, tarjimon va yozuvchi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nur Ahmad va yoshlarning ijodiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi hamda bugungi kunda Yangi Oʻzbekistonimizda ilm va ijodga qaratilayotgan eʼtibor va islohotlar borasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, bu borada ijodkorlar va yoshlar uchrashuvlarini tashkil qilish ham alohida ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi. 

Uchrashuv davomida ijodkorning hayot va ijod yoʻllari, "Oyning oʻn beshi" asarining mazmun-mohiyati, yozilish tarixi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ijodiy uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Gavhar Ibodullayeva, uyushma aʼzolari Qurbon MuhammadrizoAbdulla Sobirov, telejurnalist Umarbek Shomurodov, Xorazm maqomlarining mohir ijrochisi, xonanda Gulbahor Jumaboyeva va boshq bir qator elimiz ardogʻidagi insonlar ishtirok etib, soʻzga chiqdilar.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: