UrDPI va O‘zbekiston Karate-do federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi
Bugun, 16-dekabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova va O‘zbekiston Karate-do Federatsiyasi raisi Shuhrat Kushmuratov o‘rtasida o‘zaro hamkorliklarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumning maqsadi tomonlar hamkorligida respublikamizda karate-do sport turini rivojlantirish, ommalashtirish, shuningdek, UrDPI va unga tegishli ta’lim muassasalarida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida musobaqalar tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini xususan, sportning ITKF-karate-do turini targ‘ib qilish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, sport va ITKF karate-do turini targ‘ib etuvchi turkum, ichki va xalqaro tadbirlar hamda festivallar tashkil etishdan iborat.


©️ UrDPI matbuot xizmati