Close


REKTOR SPORTDA GʻOLIB BOʻLGAN TALABALARNI MODDIY RAGʻBATLANTIRDI


Rektor sportda gʻolib boʻlgan talabalarni moddiy ragʻbatlantirdi

UrDPI va O‘zbekiston Karate-do federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolangan so'ng, o‘tgan haftada sportda qator yutuqlarga erishgan quyidagi talabalar UrDPI rektori tomonidan bazaviy stipendiyaning 4 barobari miqdorida moddiy rag'batlantirildi: 

Misrda Para suzish sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon seriyasi musobaqalarida UrDPI talabasi Azizbek Boynazarov oltin medalni qo‘lga kiritgan;
Tailandda Boks sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligi — Osiyo chempionatida Oltinoy Sotimboyeva kumush medalni qo‘lga kiritgan;
Navoiyda institutning gandbolchi qizlar jamoasi respublika OTMlari o‘rtasida o‘tkazilgan "Universiada-2024" sport musobaqalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, ushbu talabalarning trenerlari ham pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: