UrDPI psixologlari tomonidan Oila va xotin-qizlar masʼullariga yosh oilalar uchun psixologik yordam ko‘rsatish mavzusida psixologik-trening o‘tkazildi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida viloyatning 13 ta tuman, shahar hokim oʻrinbosarlari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshliqlariga yosh oilalar uchun psixologik yordam ko‘rsatish mavzusida psixologik-trening o‘tkazildi.
Institutga Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimurodova rahbarligida bir guruh masʼullar tashrif buyurdilar. Masʼullar institut rektori Feruza Madraximova rahbarligidagi jamoa tomonidan iliq kutib olindi.
Psixologik-trening institut psixologlari M.Sa’dullayeva va M.Nazarovalar tomonidan olib borildi hamda trening davomida stress, xavotir va depressiya kabi psixologik holatlar bilan kurashish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi. Oiladagi his-tuyg‘ularni boshqarish va emotsional muvozanatni saqlash yo‘llari taqdim etildi.
Treningdan maqsad ishtirokchilarda yosh oilalar uchun psixologik yordam ko‘rsatish va ularning o‘zaro munosabatlarini mustahkamlash, psixologik salomatlikni yaxshilash, turmush o‘rtog‘i va oiladagi boshqa a’zolar bilan munosabatlardagi ijobiy o‘zgarishlarni yaratishdan iborat.







©️ UrDPI matbuot xizmati