Close


VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI BOʻLIB O‘TDI


Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib o‘tdi

Yurtimizning tobora rivojlanib borayotganligida har bir fuqarolar qatorida sarhadlarimizni koʻz qorachigʻiday asrayotgan mard va jasur yurtimiz himoyachilarining ham oʻrni beqiyosdir.

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 33 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bayram tadbiri boʼlib oʼtdi. Tadbirda institut rektori Feruza Madraximova ishtirok etib, institut jamoasini bayram bilan tabrikladi.

Tadbir davomida bir guruh jamoa a’zolari, xususan, qator huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ishlab, nafaqaga chiqqan hozirda UrDPIda faoliyat olib borayotgan xodimlar taqdirlandilar. Shuningdek, institutning profilaktika inspektori va Afg‘onistondagi harbiy jarayonlar ishtirokchilari e’tirof etilib, “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bugungi Vatan himoyachilari kuni nafaqat Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotganlar, balki har birimizning bayramimizdir. Koʻksi qalqon, zabardast Vatanimiz yigitlariga, posbonlariga doimo zafarlar yor boʻlsin. Oilaviy sogʻlik va xotirjamlik, omonlik hamrohingiz boʻlsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin.

Ayni damda institutning fakultet va kafedralari kesimida bayram tadbirlari davom etmoqda.

©️ UrDPI matbuot xizmati

 

Ulashish: