UrDPIda “Oilada qaynona-kelin munosabatlari” mavzusida talaba-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Urganch davlat pedagogika institutida institut Xotin-qizlar maslahat kengashining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi dotsenti, olima ayol Shamsiya Ismoilova ishtirokida “Oilada qaynona-kelin munosabatlari” mavzusida talaba-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Aniq va amaliy fanlar fakulteti yoshlari ishtirokida tashkil etilgan mazkur uchrashuv davomida Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha rektor maslahatchisi Sulurxon Raximova, , “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi, “San’atshunoslik” kafedrasi v.b dotsenti Maya Nurmatova va kafedraning yana bir v.b dotsenti Nargiza Allayarova. Aniq va amaliy fanlar fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Aziza Raximovalar ham so‘zga chiqdilar.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuv davomida oila psixologiyasi, o‘zbek oilasi va oilaviy munosabatlarda qaynona va kelin munosabatlari, oiladagi ichki tartib-intizomni saqlash, o‘zaro sog‘lom munosabatlarni shakllantirish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohozalar bildirildi.





©️ UrDPI matbuot xizmati