Close


REKTORNING OTA-ONALAR BILAN UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA


Rektorning Ota-onalar bilan uchrashuvlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, Urganch davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori Feruza Madraximova fakultetlar kesimida institut talabalarining Ota-onalari bilan uchrashmoqda. Kuni kecha 8-fevral kuni rektor Aniq va amaliy fanlar fakulteti 1-bosqich talabalarining Ota-onalari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida davlatimiz tomonidan ta’limga va yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va sohani yanada rivojlantirishga bo‘yicha islohotlarga to‘xtalib o‘tildi. Rektor Ota-onalarning taklif-mulohazalarini tinglab, savollariga javoblar berdi.

Shundan so‘ng, Ota-onalar institutda talabalarga yaratilgan sharoitlar, xususan, TTJ, axborot-resurs markazi, sport zal, o‘quv xonalari, darslarni kuzatuv xonalari, oshxonalar bilan yaqindan tanishdilar.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: