Respublika konferensiyasi
Urganch davlat pedagogika institutida “Taʼlim sohasida psixologik tadqiqotlar va boshlang‘ich taʼlimda innovatsion texnologiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib oʻtdi
Anjumanni Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov hamda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori, dotsent Diyorjon Abdullayevlar tabrik so‘zlari bilan ochib berdilar.
Respublika ilmiy-amaliy anjumanida xorijdan hamda respublikamizning bir qator oliy taʼlim muassasalaridan olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrlar oflayn hamda onlayn tarzda ishtirok qildilar. Xususan, Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Maʼmun universiteti kabi bir qator davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari vakillarining ilmiy maʼruzalari kun tartibidan o‘rin olgan.
Respublika ilmiy-amaliy anjumani quyidagi 4 ta sho‘bada faoliyat olib bordi:
1-sho‘ba. Taʼlim-tarbiyaning dolzarb muammolari;
2-sho‘ba. Taʼlim jarayonida psixologik tadqiqotlar;
3-sho‘ba. Boshlang‘ich taʼlimda innovatsiyalar;
4-sho‘ba. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish.









©️ UrDPI matbuot xizmati