Close


UrDPI REKTORI XALQARO CLIL KONFERENSIYASIDA ISHTIROK ETDI


UrDPI rektori xalqaro CLIL konferensiyasida ishtirok etdi

Bugun Urganch davlat universitetida Silk Road Research Academy bilan hamkorlikda 5-Xalqaro CLIL konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Mazkur konferensiya CLIL - Content and Language Integrated Learning yaʼni Kontent va til boʻyicha integratsiyalashgan ta’lim mavzusiga bagʻishlandi.

Konferensiyada OTFIV Jamoatchilik kengashi raisi Feruza RashidovaUrDPI rektori Feruza Madraximova, UrDU prorektorlari, Silk Road Research Academy rahbari Azamat Akbarov, Xorazm viloyati MMT boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, Ispaniyaning Universidad Autonoma de Madrid universiteti professori Ana Linares va soha olimlari, ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida CLIL metodologiyasining ta’lim jarayonidagi o‘rni, fan va tilni integratsiyalashgan holda o‘qitishning samarali usullari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: