Close


UrDPI PROFESSORI ISHTIROKIDA FANGA NOMA'LUM BO‘LGAN QO‘NG‘IZ TURLARI ANIQLANDI


UrDPI professori ishtirokida fanga noma'lum bo‘lgan qo‘ng‘iz turlari aniqlandi 

Urganch davlat pedagogika instituti professori, biologiya fanlari doktori (DSc) Xudaybergan Bekchanov, institut bilan doimiy  hamkorlikda ishlab kelayotgan, Dog‘iston davlat universiteti olimi, biologiya fanlari doktori (DSc) Maksim Nabojenko hamda doktorant Norbek Bekchanov, o‘qituvchi Moxira Bekchanovalar muallifligida Yangi Zelandiyaning zoologiya bo‘yicha xalqaro ilmiy nashri "Zootaxa" jurnalida fanga noma'lum bo‘lgan qo‘ng‘iz turlari aniqlanganligi haqidagi scopus maqola e'lon qilindi.

 Mazkur aniqlangan yangi turlarga "Microdera uzbekistanica" hamda "Microdera abdullohi" deb nom berildi.

Ma'lumot uchun, mualliflarning O‘zbekiston g‘arbida 2021-2023-yillarda olib borilgan koleopteriologik ekspeditsiya natijalari ham scopus maqola tarzida e’lon qilingan edi. 

O‘zbekiston yeridan kashf etilayotgan yangi turlarga o‘zbek olimlarining mualliflik qilishi barchamiz uchun g‘oyat faxrli holatdir! 

Ushbu katta yangilik bilan avvalo O‘zbekiston zoologlarini, qolaversa mualliflarni samimiy muborakbod qilamiz! 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: