UrDPI vakillarining dunyoning nufuzli TOP-200 taligida 163-o‘rinda turuvchi Qozog‘istonning Qozoq milliy universitetiga tashrifi tafsilotlari mazkur universitetning rasmiy sahifalarida doimiy yoritilib borilmoqda
TDM 4 “Sifatli ta’lim” dasturi doirasida Qozoq adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi va institutimiz professor-o‘qituvchilarining hamkorliklari tafsilotlari universitetning rasmiy web-sayti orqali yoritildi: https://farabi.university/news/94289?lang=kz
Shuningdek, mazkur universitetda Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi M. Atamuratova Pedagogika va psixologiya fakulteti magistrlariga “Inklyuziv ta’lim” fanidan “Использование методики акронимов при изучении основ инклюзивного образования” mavzusida mahorat darsi ham o‘tkazdi. Mazkur dars tafsilotlari ham Qozoq Milliy universitetining rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali yoritildi: https://www.instagram.com/share/_oZTSeCSX
Dars davomida M.Atamuratova O‘zbekistonning inklyuziv ta’limning global tizimi doirasidagi tajribasi, Vazirlik miqyosida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan magistr talabalarni tanishtirdi. Urganch davlat pedagogika instituti talabalari uchun maxsus tuzilgan inklyuziv ta’lim asoslarini o‘rganishda qisqartmalar metodikasi (akronim) ham taqdim etildi.





©️ UrDPI matbuot xizmati