UrDPIga Turkiyaning Necmettin Erbakan universitetidan vakillari keldilar
Bugun, 28-fevral kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova institutga tashrif buyurgan Turkiyaning Necmettin Erbakan universitetining bir guruh vakillari Sheyma Akin, Jemile Dog‘an, Hayriye Ulash Taraflar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Erasmus grant loyihalarda ikkala OTMning hamkorligini ta'minlash hamda professor-o‘qituvchilarning o‘zaro ilmiy hamkorliklari kabi bir qator masalalar muhokama qilindi. Shundan soʼng, mehmonlar institut faoliyati bilan tanishdilar.
* 2024-yilda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Turkiyaga tashrifi chog‘ida, Konya shahridagi Nejmettin Erbakan universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolab kelgan edi.





©️ UrDPI matbuot xizmati