Feruza Madraximova muallifligidagi "O‘qituvchi qadri" kitobi nashrdan chiqdi
Muallifning shu kunga qadar ko‘plab ilmiy asarlari, monografiya va darsliklari chop etilgan. Ammo ushbu kitob nafaqat ilmni, balki taʼlim jarayonlarini, o‘qituvchilik jozibasi va mashaqqatlarini, kasbiy qadriyatlarni, hayotiy faoliyat kechinmalarini va badiiylikni o‘z ichiga olgan.
O‘qituvchilik dunyodagi eng mo‘tabar va sharafli kasbdir. Muallif ushbu kitobda Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchining qadr-qimmati, mavqeyi, obro‘si va hurmatini yuksaltirishga qaratilgan eʼtibor, yurtimizda ta’lim tizimidagi islohotlar hamda xorijiy tajribalar bo‘yicha fikrlarni keltirgan.
Kitob taqdimoti yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi.

©️ UrDPI matbuot xizmati