Close


URDPI JAMOASI "MA'RIFAT MAYDONI" RESPUBLIKA TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHIDA G‘OLIB BO‘LDI!


UrDPI jamoasi "Ma'rifat maydoni" Respublika tanlovining hududiy bosqichida g‘olib bo‘ldi! 

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida viloyatimizdagi oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ma’rifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Tanlov 3 shart asosida o‘tkazilib, jamoalar bilim, tafakkur va ijodiy mahoratlarini namoyish etdilar.

Natijalarga ko‘ra, Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi barcha shartlarda yuqori natijalarni qayd etib, hakamlar tomonidan g‘olib deb topildi va mintaqaviy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi! 

UrDPI jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz! Kelgusidagi ishlarida ham omad va zafarlar yor bo‘lsin! 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: