UrDPIda Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali birinchi prorektori hamda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli maktab direktorlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Targ‘ibot tadbiri davomida Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali birinchi prorektori Gulasal Madrahimova bitiruvchi sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish va bu borada universitetning imkoniyatlari, xususan, xalqaro hamkorliklari, o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlari, shuningdek, o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun tashkil etilayotgan “Gubkin fanlar olimpiadasi” hamda shu kabi bir qator masalalar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ma’lumot uchun, mazkur olimpiada g‘oliblari universitetning Toshkent shahridagi filialiga “Iqtisodiyot” va “Menejment” yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi. Universitetning Toshkent shahridagi filiali tanlov komissiyasi g‘oliblarni aniqlaydi.
Joriy yilning 12-aprel sanasida rus tili hamda 26-aprel sanasida matematika fanlaridan imtihonlar bo‘lib o‘tadi.
O‘tkazilish joyi: Universitetning Toshkent shahar filiali, Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon Yo‘li ko‘chasi, 34-uy.
Hujjatlar 2025-yil 21-fevraldan 7-aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun universitetning elektron pochta manzili: olimpiada2025@gubkin.uz
Murojaatlar uchun mas’ul shaxs: Ismailova Xilola Akmalevna
Tel: (71) 262-70-31
Filialning call-markazi: (71) 200-01-56





©️ UrDPI matbuot xizmati