Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA KO‘CHATLAR EKILDI


Urganch davlat pedagogika institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekildi

Bugun respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida bir vaqtning o‘zida “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi…” shiori ostida daraxt ekish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Xususan, Urganch davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talabalari ham ushbu ekologik aksiyada faol ishtirok etdilar.

Ma’lumot uchun, ushbu umummilliy loyiha doirasida institut hududiga 1427 m2 gazon  yotqizilishi, 200 tup mevali daraxt, 300 tup manzarali daraxt, 150 tup archa, 300 tup atirgul koʻchatlari ekilishi rejalashtirilgan.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: