Close


UrDPIDA “REKTOR KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARI O'TKAZILDI


UrDPIda “Rektor kubogi” sport musobaqalari o'tkazildi

Urganch davlat pedagogika institutida Navro‘z ayyomiga bag‘ishlab “Rektor kubogi” sport musobaqalari, xususan, er-yigitlar o’rtasida mini futbol bo‘yicha qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda barcha fakultetlardan shakllantirilgan jamoalar faol ishtirok etib, sport orqali jamoaviylik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qildilar.

Musobaqalarning yakuniy natijalariga koʻra quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar:
1-o‘rin: Boshlang‘ich ta’lim fakulteti hamda UrDPI akademik litseyi jamoasi
2-o‘rin: Registrator ofisi jamoasi
3-o‘rin: Rektorat hamda o‘quv bo‘limi jamoasi

Musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

© UrDPI matbuot xizmati

 

Ulashish: