Close


UrDPI VA JANUBIY QOZOG‘ISTON DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI


UrDPI va Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika instituti vakillari Qozog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdilar hamda xizmat safari doirasida UrDPI va O‘zbekali Jonibekov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti o‘rtasida pedagogik va ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.  

Ushbu memorandum quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:  
Ikki oliygoh professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashinuvi;
Ilmiy loyihalar va tadqiqotlarda hamkorlik qilish;
Talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
Ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminar va mahorat darslarini birgalikda tashkil etish.  

Ushbu xalqaro hamkorlik orqali oliy ta’lim muassasalari oʻquv va ilmiy hamkorlik sohasida yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.  

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: