UrDPI vakillari Qozog‘istonda xalqaro anjumanda ishtirok etdilar
Urganch davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori, dotsent Diyorjon Abdullayev hamda Tarix va geografiya kafedrasi o‘qituvchisi Shohruxbek Allanazarov Qozog‘iston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Qozog‘iston Xalqlari Assambleyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Diyorjon Abdullayev tabrik so‘zi bilan qatnashdi. Tadbir davomida dunyo universitetlari reytingida 621-o‘rinni egallagan M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu kelishuv xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi!





©️ UrDPI matbuot xizmati