Close


UrDPI TALABALARIGA QOZOG‘ISTONNING ATIRAU UNIVERSITETI DOTSENTI DARS O‘TMOQDA


UrDPI talabalariga Qozog‘istonning Atirau universiteti dotsenti dars o‘tmoqda

Qozog‘iston davlatining H.Dosmuhamedov nomidagi Atirau universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Karligash Ashirkhanova  Urganch davlat pedagogika instituti talabalariga dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Darslar Milliy g‘oya va falsafa yo‘nalishi talabalariga Mediasavodxonlik fanidan o‘tkazilmoqda. Darslar davomida mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanining paydo
bo‘lish tarixi, mazkur fanning bugungi kundagi ahamiyati, mediasavodxonlik va axborot madaniyatining nazariy asoslari, axborotni tahlil qilish kabi bir qator tushuncha yuzasidan batafsil ma'lumotlar berilmoqda. Xususan, global axborot makonida qabul qilinayotgan axborotlarni tushunish, baholash, tanqidiy tafakkurni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 

Ma'lumot uchun, darslar joriy yilning 5-aprel sanasiga qadar davom etadi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: