URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALAR BO‘YICHA PROREKTORI, TARIX FANLARI DOKTORI, DOTSENT DIYORJON ABDULLAYEV 3-4-APREL KUNLARI ROSSIYA FEDERATSIYASINING ORYOL SHAHRIDA BO‘LIB O‘TGAN "IKKINCHI JAHON URUSHI TARIX OYNASIDA" NOMLI II XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK ETDI.
Urganch davlat pedagogika institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori, dotsent Diyorjon Abdullayev 3-4-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Oryol shahrida bo‘lib o‘tgan "Ikkinchi jahon urushi tarix oynasida" nomli II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Konferensiyada bir qator mamlakatlardan taniqli olimlar, mutaxassislar va ta’lim muassasalari vakillari qatnashdi. D.Abdullayev o‘z ma’ruzasida Ikkinchi jahon urushi tarixi va uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritib, tarixiy xotirani saqlashning zamonaviy yondashuvlari haqida batafil ma'lumotlar berdi.
Konferensiya davomida ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.




©️ UrDPI matbuot xizmati