Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “MEN GIYOHVANDLIKKA QARSHIMAN!” SHIORI OSTIDA TALABA-YOSHLAR O‘RTASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TARG‘IB ETUVCHI IJODIY ISHLAR KO‘RGAZMASI TASHKIL ETILDI.


Urganch davlat pedagogika institutida “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada talabalar tomonidan giyohvandlikning salbiy oqibatlarini aks ettiruvchi va yoshlarni undan ogoh etishga qaratilgan rasmlar namoyish etildi. Mazkur ko‘rgazma “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida institut talabalari o‘rtasida e’lon qilingan tanlov doirasida o‘tkazildi.

 Tanlovning maqsadi — sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish va talabalarning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: