Close


UrDPI AXBOROT-RESURS MARKAZIDA “OʻQITUVCHI QADRI” KITOBINING TAQDIMOTI OʻTKAZILDI


UrDPI Axborot-resurs markazida “Oʻqituvchi qadri” kitobining taqdimoti oʻtkazildi

Axborot-resurs markazida yangi keltirilgan adabiyotlarning professor-oʻqituvchi va talabalar ishtirokida taqdimotini oʻtkazish an’anaga aylanib ulgurgan. 

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, dotsent Feruza Madraximovaning “Oʻqituvchi qadri” nomli kitobi taqdimoti Axborot-resurs markazining oʻquv zalida oʻtkazildi. 

Taqdimotda Pedagogika fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi R.Abdullayeva, dekan oʻrinbosari D.Safayeva, Axborot-resurs markazi rahbari D.Tojimurotova, Pedagogika fakulteti maktabgacha ta'lim va tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti Oʻ.Xudaybeganova, Axborot-resurs markazi xodimlari va yoshlar ishtirok qildilar. 

Taqdimot davomida "Oʻqituvchi qadri" kitobining mazmun-mohiyati, davlatimiz tomonidan ta’limga, xususan oliy ta’limga qaratilayotgan e’tibor va bu boradagi keng koʻlamli islohotlar, pedagog maqomi, oʻqituvchi qadr-qimmatiga berilayotgan e’tibor, kitobning talaba-yoshlar, boʻlgʻusi pedagoglar tarbiyasi, faoliyatidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Kitobdan iqtiboslar keltirilib, tahlil qilindi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: