Urganch davlat pedagogika institutida “Zamonaviy jismoniy tarbiya va sport ta’limida muammo va yechimlar: fan va ta’limni rivojlantirish mexanizmlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Respublika ilmiy-amaliy anjumanida bir qator oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va mutaxassislar oflayn hamda onlayn tarzda ishtirok qildilar.
Anjumanda quyidagi sho‘balar faoliyat ko‘rsatdi:
1-sho‘ba — Oliy ta’lim tizimida jismoniy madaniyat va sport ta’limi sifatini takomillashtirishda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish usullari;
2-sho‘ba — Zamonaviy jismoniy tarbiya va sport ta’limidagi muammolar va yechimlar;
3-sho‘ba — Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya ta’limini rivojlantirish mexanizmlari;
4-sho‘ba — Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tashkiliy-uslubiy asoslari.






©️ UrDPI matbuot xizmati