Close


UrDPI MAS’ULLARI TOMONIDAN O‘TKAZILAYOTGAN BEPUL TAYYORLOV KURSLARI DAVOM ETMOQDA


UrDPI mas’ullari tomonidan o‘tkazilayotgan bepul tayyorlov kurslari davom etmoqda

Xabaringiz bor, Urganch davlat pedagogika institutida joriy yilning 1-fevral sanasidan Urganch shahri, Shovot tumani va Tuproqqal’a tumanlaridagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan oilalarning 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil etilgan edi. Hozirda ham mazkur kurslarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni 2024-yilda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar  yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 60-son topshiriqlarning 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan. 

Ma’lumot uchun, tayyorlov kurslari tumanlardagi bitiruvchi o‘quvchilar orasida so‘rovnomalar o‘tkazilib, ularning qiziqishlarini inobatga olingan holda 11 ta fan kesimida tashkil etilgan. Bugungi kunda jami 200 nafarga yaqin o‘quvchilar mazkur kurslarga jalb qilingan bo‘lib, kurs ishtirokchilari tumanlar hududida va Urganch shahrida yashovchi o‘quvchilar institut binosida o‘tkazilayotgan tayyorlov kurslarida bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar. 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: