Close


UrDPIDA ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI INTELLEKTUAL MULK MARKAZI BILAN HAMKORLIKDA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI.


UrDPIda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori, dotsent Diyorjon Abdullayev ochib berdi. Trening davomida Intellektual mulk markazi davlat muassasasi direktori Baxodir Sagdullayev boshchiligidagi mas’ullar intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza va himoya qilish masalalari, shuningdek, Intellektual mulk markazi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berdilar va savollarga atroflicha javoblar berdilar.

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi davlat muassasasi direktori hamda Urganch davlat pedagogika instituti rektori o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Bugungi seminar-trening ham ushbu hamkorliklarning uzviy davomidir.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: