Talabalar, magistrlar va doktorantlar ishtirokida xalqaro anjuman tashkil etildi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutining talabalari tashabbusi bilan “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot. Ta’lim tizimidagi dolzarb islohotlar va natijalar” mavzusida talaba-magistr-doktorantlar ishtirokida xalqaro anjuman tashkil etildi. Anjumanni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi.
Anjumanda yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish bo‘yicha pedagogikada yangi yondashuvlar, kelajak avlodning ekologik madaniyatni shakllantirishda pedagoglarning roli, filologiya sohasida yashil iqtisodiyot va ekologiya haqida yozma asarlarning o‘rni, ekologik muammolarni til va adabiyot orqali yoritish, yashil iqtisodiyot va ekologik xavfsizlikda tarixiy va geografik nuqtai nazardan o‘zaro bog‘liqlik, ekologik barqarorlikka erishish va sport inshootlarida yashil energiya manbalaridan foydalanishning ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-nazariy qarashlar muhokama qilindi.








©️ UrDPI matbuot xizmati