Close


UrDPIGA TURKIYANING NECMETTIN ERBAKAN UNIVERSITETI VAKILLARI KELDILAR


UrDPIga Turkiyaning Necmettin Erbakan universiteti vakillari keldilar

Bugun, 22-aprel kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Turkiyaning Necmettin Erbakan universiteti Pedagogika va psixologiya departamenti rahbari, professor Erdal Hamarta hamda Tasviriy san’at bo‘yicha olima, professor Hatiche Kubralar bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida o‘quv jarayonlarni tashkil etish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi.

Xususan, mehmonlar aprel-may oylari davomida Pedagogika fakulteti hamda Aniq va amaliy fanlar fakultetlaridagi talabalarga ma'ruza, seminar va trening mashg‘ulotlari olib boradilar.

 © UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: