Close


UrDPIDA MAKTAB BITIRUVCHILARI UCHUN INSTITUTGA QABUL YO‘NALISHLARI BO‘YICHA KO‘RGAZMA TASHKIL ETILDI


UrDPIda maktab bitiruvchilari uchun institutga qabul yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari uchun 2025-2026-o‘quv yilida institutga qabul yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirok etib, xotin-qizlarni oliy taʼlimga keng jalb etish borasidagi vazifalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Ko‘rgazmada institutning barcha fakultet va kafedralari tomonidan umutaʼlim maktablarining bitiruvchi o‘quvchilari uchun taʼlim yo‘nalishlari va o‘quv jarayonidagi imkoniyatlar namoyish etildi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Urganch davlat pedagogika institutida 7 ming nafarga yaqin talabalar tahsil oladi, ularning 82 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: