UrDPI rektori kam taʼminlangan oilalarning bitiruvchi sinf farzandlari bilan uchrashdi
Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova rahbarligida institut mas'ullari Shovot tumanidagi institutga biriktirilgan kambag‘al va kam taʼminlangan oilalarning bitiruvchi sinf farzandlari bilan uchrashdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambag‘al va kam taʼminlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 18-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi.
Uchrashuv davomida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan tayyorlov kurslari haqida fikr-mulohazalar bildirilib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Maʼlumot uchun, hozirda institutga biriktirilgan Urganch shahri, Shovot tumani va Tuproqqal’a tumanidan bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun tayyorlov kurslari tashkil etilgan. O‘quvchilarning qaysi fan bo‘yicha tayyorlov kursida o‘qishga ehtiyoji mavjudligi aniqlangan hamda ona tili va adabiyot, biologiya, matematika, rus tili, ingliz tili, kimyo, fizika, jismoniy tarbiya, geografiya, tarix, infarmatika fanlaridan tayyorlov kurslari tashkil etilgan.



©️ UrDPI matbuot xizmati