Close


UrDPIDA MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY TAVALLUDINING 150 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY-AMALIY FORUM BO‘LIB O‘TDI


UrDPIda Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy forum bo‘lib o‘tdi

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida buyuk ma’rifatchi, jadidchilik harakati asoschilaridan biri bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlab  “Mahmudxo‘ja Behbudiy va jadidchilik harakati” mavzusida yosh olimlar va iqtidorli talabalar ishtirokida II ilmiy-amaliy forumi tashkil etildi.

Tadbirda Xorazm viloyatidagi bir qator oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari, yosh tadqiqotchilar va soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Forum doirasida tarixiy-ma’naviy meros, jadidchilik g‘oyalari va ularning bugungi davrdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan ma'ruzalar o‘qib eshittirildi hamda tahlil qilindi. 

Forum yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan topshirildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: