Close


TA’TIL DAVRIDA TALABALARNING BO‘SH VAQTINI MAZMUNLI TASHKIL ETISH MAQSADIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO‘LIMI TOMONIDAN “SIZ YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYANI BILASIZMI?” MAVZUSIDA ONLAYN OLIMPIADA TASHKIL ETILMOQDA.


Ta’til davrida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan “Siz Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani bilasizmi?” mavzusida onlayn olimpiada tashkil etilmoqda.

 Olimpiadaning o‘tkazilish vaqti: 04.01.2025
Olimpiadaning o‘tkazilish soati: 20:00

Olimpiadada ishtirok etuvchi institut talabalariga Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tuzilgan 20 ta savol onlayn shaklda UrDPI yoshlari  kanali orqali havola shaklida beriladi. Ishtirokchilar belgilangan vaqt oralig‘ida ushbu savollarga javob berishlari kerak bo‘ladi. Tanlov g‘oliblari maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Eslatma: Olimpiadada faqat UrDPI talabalari ishtirok qila oladi.

Aziz talabalar, onlayn olimpiadada faol ishtirok eting, bilimlaringizni yanada mustahkamlang va g‘olib bo‘ling!

©️ UrDPI matbuot xizmati