Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “REGISTRATOR OFISI”NING RASMIY TELEGRAM KANALI ISHGA TUSHDI!


Urganch davlat pedagogika institutida “Registrator ofisi”ning rasmiy Telegram kanali ishga tushdi!

Hurmatli talabalar! Endilikda barcha akademik va ma’muriy jarayonlarga oid muhim ma’lumotlarni tezkor va ishonchli manba orqali olish imkoniyatiga egasiz.

✅ “Registrator ofisi” sizga quyidagi masalalarda yordam beradi:
🟢 Grantlar, stipendiyalar va akademik mobillik dasturlari haqida ma’lumot;
🟢 O‘qishga qabul, ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha ko‘mak;
🟢 Imtihonlar, dars jadvallari va qayta o‘zlashtirish jarayonlari;
🟢 Talaba guvohnomalari, yotoqxonaga joylashish va transkript olish;
🟢 Akademik qarzdorlik va moliyaviy masalalar bo‘yicha ma’lumot.

“Registrator ofisi”ning rasmiy kanaliga obuna bo‘ling va barcha qulayliklardan tezkor foydalaning!
@UrDPI_Registrator

©️ UrDPI matbuot xizmati