URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI O‘RTASIDA “VATANNI MADH ETIB” MAVZUSIDA ENG YAXSHI VIDEOROLIKLAR TANLOVI E’LON QILINADI!
Urganch davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Vatanni madh etib” mavzusida eng yaxshi videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi!
Tanlovning asosiy maqsadi — Vatanimizga bo‘lgan muhabbat va sadoqat, istiqlol g‘oyalarini targ‘ib qilish, talabalarimizning ijodiy salohiyati va iste’dodini namoyon etishdan iborat.
Tanlovda ishtirok etish uchun talabalar quyidagi yo‘nalishlarda videorolik tayyorlashlari mumkin:
Vatan, istiqlol va milliy qadriyatlarni ulug‘lash;
Yurt tinchligi va taraqqiyoti mavzusida fikr-mulohazalar;
Talaba-yoshlarning Vatan haqidagi ijodiy ishlari (she’r, qo‘shiq, sahna ko‘rinishi va boshqalar).
Tanlov videorolik shaklida bo‘lib, har bir ishtirokchi o‘z ishini belgilangan muddat ichida topshirishi lozim.
G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga yoki fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.
Barchangizga omad tilaymiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati