UrDPI TALABALARI O‘RTASIDA “MEN GIYOHVANDLIKKA QARSHIMAN!” SHIORI OSTIDA IJODIY ISHLAR TANLOVI E’LON QILINADI!
Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida keng tushuncha berish hamda talabalarimizning ijodiy salohiyatini namoyon etishdir.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
— Giyohvandlikka qarshi kurash mavzusida maqola, insho, she’r, rasm, videorolik, sahna ko‘rinishi va boshqa ijodiy ishlar;
— Talabalarning mavzuga oid ilmiy-tadqiqot ishlari.
Tanlov g‘oliblari institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi hamda qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga yoki fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.
Barchangizni faol ishtirok etishga chaqiramiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati