URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA TAHSIL OLAYOTGAN IQTIDORLI, ILMLI, ZUKKO VA SHOIRA TALABA-QIZLAR DIQQATIGA!
Institut Xotin-qizlar maslahat kengashi 1-mart Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan "Salom, mening aziz dugonalarim!" mavzusida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovning maqsadi: Oʻzbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli shoira va jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi, sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavor kurashgan ayol, sadoqat va vafo timsoli boʻlgan Zulfiyaxonim hayot yoʻli va ijodi hamda uning dunyo miqyosidagi eʼtirofi bilan talaba-yoshlarni tanishtirish, shoira ijodini keng targʻib qilish, shunday fidoiy va irodali ayol timsolida har bir oʻzbek ayolining maʼnaviy qiyofasini koʻrsatib berishdan iborat.
Tanlov quyidagi shartlar asosida tashkil qilinadi:
Zulfiyaxonim hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob — har bir ishtirokchi 3 ta savolga javob beradi, o‘ylash uchun: 1 daqiqa vaqt beriladi;
Zulfiyaxonim hayot yoʻlidan sahna koʻrinishi. Bunda qizlar Zulfiya she’rlaridan yoki Zulfiyaga atalgan she’rlargan foydalanadilar (5 daqiqa davomida, 5 ballik tizimda baholanadi);
”Men boʻlgʻusi Zulfiyaxonim qiziman”. Bunda qizlar oʻzlarining Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nechogʻlik loyiq ekanliklarini koʻrsatib berishlari kerak. Hujjatlarni elektron yoki qogʻoz variantda taqdim qilishlari mumkin (5 daqiqa davomida, 5 ballik tizimda baholanadi);
4-shartda qizlarning pazandachilik bo‘yicha qobiliyatlari aniqlanadi. Bunda qizlar qisqa vaqt ichida chuchvara tugishlari kerak. (5 daqiqa davomida, 5 ballik tizimda baholanadi).
Koʻrik-tanlov 28-fevral kuni boʻlib oʻtadi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun https://t.me/Mohidil_Baxtiyarovna ga
(+998905589800) murojaat qilishingiz mumkin.
Koʻrik-tanlov gʻoliblari institut tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.