Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABA-YOSHLARI DIQQATIGA!


Urganch davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari diqqatiga!

Talaba-yoshlar o'rtasida “Korrupsiyaga qarshi innovatsion tashabbuslar – 2025” mavzusida tanlov e’lon qilinadi!

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
— Korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan startaplar;
— Raqamli texnologiyalar asosidagi ilg‘or g‘oyalar;
— Axborot-resurslar, mobil ilovalar, veb-platformalar va boshqa ijtimoiy loyihalar.

Loyihalarni topshirish muddati: 2025-yil 20-maygacha.
 Hujjatlar va loyihalar quyidagi manzilga yuboriladi: @diyora_safayeva (Telegram orqali)

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad: Talaba-yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijtimoiy faolligini oshirish, ularning yangicha fikrlashini, innovatsion yondashuvlarini rag‘batlantirish hamda halollik va shaffoflik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi samarali loyihalarni yuzaga chiqarish.

G‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

© UrDPI matbuot xizmati