“ENG YAXSHI KITOBXON TALABA” KO‘RIK-TANLOVINING FINAL BOSQICHI BO‘LIB O‘TADI!
“Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tadi!
Tanlovda final bosqichiga yo‘llanma olgan iqtidorli talabalar ishtirok etadi.
Finalda quyidagi asarlar tahlili yuzasidan ishtirokchilarning bilimlari sinovdan o‘tkaziladi:
O‘zbek guruhlari uchun:
1. Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi;
2. Said Ahmadning “Jimjitlik” romani;
3. O‘tkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” romani;
4. Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” qissasi.
Rus guruhlari uchun:
1. N.Nekrasovning “Кому на Руси жить хорошо” poemasi;
2. A.P.Chekhovning “Вишневый сад” pyesasi;
3. F.M.Dostoevskiyning “Бедные люди” romani;
4. I.A.Buninning “Господин из Сан-Франциско” hikoyasi.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1. Test sinovi — 40 ta savol.
2. Og‘zaki savol-javob.
Hakamlar hay’ati har ikki bosqich natijalarini hisobga olib, eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchini aniqlaydi. G‘olib bo‘lgan talabalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Batafsil ma’lumot uchun @yakubova_nilufar profiliga murojaat qilishingiz mumkin.

©️ UrDPI matbuot xizmati