O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan tashqari Qozog‘iston, Vetnam, Tojikiston mamlakatlaridan ham bokschi qizlar ishtirok etgan Farg‘onada boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan “Farg‘ona viloyati hokimi kubogi” xalqaro turnirida UrDPI Pedagogika fakulteti 222-guruh talabasi Oltinoy Sotimboyeva 81 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub qilib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Turnir yakuniga ko‘ra, 12 ta vazn toifasining 8 tasida o‘zbekistonlik bokschi qizlar oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Oltinoy Sotimboyeva boks sport turiga bo‘lgan qiziqishi hamda mashg‘ulotlarda tinimsiz mehnat qilganligi natijasida ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda:
🥇 2021-yil 18-iyun kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rin
🥉 2021-yil 30-avgust kuni Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 3-o‘rin
🥈 2021-yil 5-10-sentabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan MDH o‘yinlarida 2-o‘rin
🥇 2021-yil 14-24-noyabr kunlari Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan Boks bo‘yicha O‘zbekiston kubogida 1-o‘rin
🥈 2022-yilning 1-14-mart kunlari Iordaniya poytaxti Аmman shahrida o‘tkazilgan Boks bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida (81 kg vazn toifasida) 2-o‘rin
🥈2022-yilning noyabr oyida Ispaniyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida boks sport turi (81 kg vazn toifasida) bo‘yicha 2-o‘rin
🏆 Uning sportda erishgan natijalari inobatga olinib, o‘zi tanlagan oliy taʼlim muasasasi – Urganch davlat pedagogika institutiga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilindi va hozirgi kunda institutning baxtli yoshlari qatorida ta’lim olmoqda.
💐 Oltinoy Sotimboyeva kelajakda xalqaro sport arenalarida yurtimiz shaʼnini yanada yuksaklarga ko‘tarishiga ishonamiz!!!
Urganch davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati


