UrDPIda yil sarhisobi va Yangi yil tadbiri o'tkazildi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida 2023-yil sarhisobi va Yangi 2024-yil bayramiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Yil sarhisobiga bag'ishlangan tadbirni oliygoh rektori Feruza Madraximova ochib berdi va barchani tobora yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod qildi. Yil davomida erishilgan yutuq va kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbirda rektor tomonidan bir guruh yoshlar taqdirlandi. Konsert dasturi va Yangi yil bayram kechasi bo'lib o'tdi. Xususan, talabalar tomonidan obrazli chiqishlar, viktorina o'yinlari, raqslar namoyish qilindi, yangi yil shukuhini o'zida aks ettiruvchi qo'shiqlar kuylandi. Yangi yilga bag'ishlab talaba-yoshlar tomonidan yasalgan turlicha qorbobo, qorqizlar, archa o'yinchoqlari va atributlar ko'rgazmasi namoyishi ham bo'lib o'tdi.






©️ UrDPI Matbuot xizmati