Close


URDPI TALABALARIGA TURKIYANING BARTIN UNIVERSITETI PROFESSORI DARS BERMOQDA


#xalqaro_hamkorlik
#Turkiya

Urganch davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida koʻplab xorijlik professor-oʻqituvchilar tomonidan institut talabalari uchun oʻquv darslari tashkil etilib kelinmoqda. 

Xususan, "Xorijiy filologiya" kafedrasi ingliz tili ta’lim yo‘nalishi  3-bosqich  talabalariga Turkiyaning Bartin universiteti professori Neslixan Kose tomonidan ingliz tilini oʻqitish metodikasi fanidan ma’ruza mashgʻulotlari olib borilmoqda, shuningdek uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Ma'ruzalarda ingliz tilini oʻqitishdagi zamonaviy metodlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid yangi bilimlar talabalar tomonidan katta qiziqish bilan tinglanmoqda.

©️UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: