#xalqaro_hamkorlik
#Turkiya
Urganch davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida koʻplab xorijlik professor-oʻqituvchilar tomonidan institut talabalari uchun oʻquv darslari tashkil etilib kelinmoqda.
Xususan, "Xorijiy filologiya" kafedrasi ingliz tili ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalariga Turkiyaning Bartin universiteti professori Neslixan Kose tomonidan ingliz tilini oʻqitish metodikasi fanidan ma’ruza mashgʻulotlari olib borilmoqda, shuningdek uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Ma'ruzalarda ingliz tilini oʻqitishdagi zamonaviy metodlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid yangi bilimlar talabalar tomonidan katta qiziqish bilan tinglanmoqda.





©️UrDPI matbuot xizmati