Close


REKTORNING FAKULTETLAR KESIMIDA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOTLARI BOʻLIB OʻTDI.


Rektorning fakultetlar kesimida professor-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqotlari boʻlib oʻtdi. 

Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Pedagogika fakulteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi hamda mazkur fakultetning ham o‘quv, ilmiy, ta’lim va tarbiya yo‘nalishidagi muammolari, natijalari sarhisob qilindi. Shuningdek, 2025-yilda “Maktabgacha taʼlim va tabiiy fanlar” hamda “Pedagogika” kafedralarining amalga oshiradigan ishlari muhokama qilindi. 

Ochiq muloqot davomida alohida e’tibor qaratilgan masalalar va berilgan takliflar: 

1. O‘tgan 2024-yil davomida fakultetda 135 ta nashrchilik ishlari (darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanma, monografiya, OAK va xorijiy jurnallarida nashr qilingan ilmiy maqolalar) amalga oshirilgani e’tirof qilingan holda, joriy yilda ushbu ko‘rsatkichni yanada oshirish;

2. Fakultetdagi ko‘ngilli professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida “Ensiklopedist pedagoglar” nomli kutubxona hamda “Vertualniy laboratoriya” tashkil qilish;

3. “Ota-onalar kongressi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

4. Kafedralar faoliyatida, xususan, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘g‘irchoq teatr tomoshalarini tashkil etish orqali xo‘jalik shartnomasi ulushini 20 % ga oshirish.
*Navbatdagi ochiq muloqot Boshlang‘ich ta’lim fakulteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan tashkil etildi. 

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: